“Sehrlandiya” — O‘zbekiston animatsiyasi tarixida ilk to‘liq metrajli 3D formatda ishlab chiqilgan multfilm. Loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasi asosida “Lola Animation” studiyasi tomonidan amalga oshirildi.
“Sehrlandiya: Qahramonlik missiyasi” ustida ish boshlanishidan avval 6–12 yoshli 500ta bola o’rtasida maxsus tahlillar va kuzatuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning aksariyati xato qilmaydigan,ideal qahramonlarga o‘xshashni istashadi. Bir qarashda bu ijobiydek tuyulishi mumkin, ammo mutaxassislar fikricha, bunday obrazlar bolada o‘ziga nisbatan ortiqcha talab va ichki bosim paydo qilish xavfini oshiradi. Shu sababli “Sehrlandiya” loyihasida mutlaqo boshqa yondashuv tanlandi. Biz bolalarga har bir bola qahramon bo‘la oladi, degan fikrni yetkazishni maqsad qildik. Aynan shu tahlillar “Sehrlandiya” yondashuvini belgilab berdi.
Loyiha ssenariysi 5 ta ssenarist ishtirokida 6 oy davomida yozilgan. Ssenariy yozib bo’lingach, personajlarni tayyorlash jarayoni ham boshlandi. “Sehrlandiya” uchun mos dastlab 200 dan ortiq personaj chizmalari tayyorlandi. Ulardan loyihaga moslari tanlab olinib, qayta ishlandi. Asosiy qahramonlardan tashqari 50+ massovka personajlar chizildi.

Loyiha uchun tayyorlangan 3D modellar:
75 ta personaj modeli asosiy va ikkinchi darajali qahramonlar uchun
35 ta props modeli — transport vositalari, kundalik buyumlar va maxsus aksessuarlar
620 ta lokatsiya uchun props modellar
4 ta yirik lokatsiya modeli — to‘liq 3D formatda yaratilgan asosiy sahna joylari
Film hikoyasi vizual jihatdan ham puxta rejalashtirildi:
1500+ raskadrovka kadr tayyorlandi
50 dan ortiq sahna yakuniy renderdan o‘tkazildi
Bu jarayonlarda jamoaviy ishlash muhim rol o‘ynadi — har bir sahna rejissyor, layout mutaxassisi va raskadirovka rassomi nigohidan o‘tdi va takomillashtirildi.
730 tadan ortiq sahnada render va VFX ishlari bajarildi.
Har bir sahna alohida texnik yondashuvni talab qildi: yorug‘lik, rang muvozanati, effektlar va umumiy kayfiyat bir butun ishlashi uchun sahnalar bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqildi. Film davomiyligi 1 soat 33 daqiqani tashkil qiladi.
Personajlar harakati tabiiy va jonli chiqishi uchun mavjud modellarga qo‘shimcha ravishda 45 ta rig tizimi ishlab chiqildi. Bu riglar qahramonlarning hissiyotlari, yuz mimikasi va jismoniy harakatlarini bolalarga ishonarli tarzda yetkazish imkonini berdi.
Loyihamiz faqat ekran bilan cheklanib qolmadi. “Sehrlandiya” atrofida to‘liq bir olam shakllantirildi:
Maxsus o‘yinchoqlar, bolalar kitoblari, breloklar va boshqa qiziqarli mahsulotlar tayyorlandi.
Film asosida maxsus o‘yin (game) ishlab chiqildi
PR doirasida 11 nafar bloger bilan hamkorlik qilindi
4 ta LED ekran orqali tashqi reklama joylashtirildi
Bosh prodyuser: Rahimjonov Azimjon
Film badiiy rahbari: Jahongir Ahmedov
G‘oya muallifi va rejissor: Rahimjonov Azimjon
Prodyuser: Temurbek Adhamov
Ssenariy muallifi: Rahimjonov Azimjon
Ssenaristlar: Fahriddinov Sardor Turobxo‘jayev Jasur Dalabaeva Muxlisa Nosirova Mohinur Rahimjonov Azimjon
PERSONAJLAR BOʻYICHA BOSH RASSOM
SAHNALASHTIRUVCHI RASSOMLAR
3D MODELLING VA TEKSTURA BOʻYICHA BOSH MUTAXASSISLAR
Sirojiddin Yoʻldoshev
Abdulaziz Abdusattorov
3D MODELLING MUTAXASSISI
Xadicha Abduqahhorova
Asliddin Sadriddinov
POSTANOVKACHI OPERATORLAR
Muhammadmuso Yoʻldoshev
LAYOUT MUTAXASSISLARI
Egamberdi Egamberdiyev
Abdurahmon Muzaffarov
Ibrohim Tillashayxov
Shohruh Rahmatullayev
Hamidjon Abdulhamidov
Jaloliddin Tilovmurodov
Nurbek Rahimberdiyev
Dilmurod Abduvahidov
PRODAKSHN RAHBARLARI
Ramesh Chandrasekaran
Gopal Krishna Sharma
Venkata Subramanya Gandhi
Nidatavolu Santosh Kumar
Addepalli Sai Santhosh
Lola Animation adminstratsiyasi
Shamuxamedov Shoxrux
Muhammadqodir Abdug’aniyev
PR MARKETING menejeri
OVOZLASHTIRISH REJISSYORLARI
Asrorxoʻja Sadirdinov
Audio dasturiy taʼminot:
Ovoz boʻyicha bosh supervayzer va bosh kompozitor:
OVOZLASHTIRISH STUDIOSI
XALQARO OVOZLASHTIRISH STUDIOSI
Jam8 Studio (Hindiston)
Amaliy ishlar rahbari — Tanvi Dhiraj Maru
Sound dizayner — Hemaksh Kalsi
Qayta yozish mikseri — Sujit Shingare
Sound muharrirlari — Gandhar Gaikwad, Aryan Sharma, Prince John Carelet
Liniyaviy prodyuser — Saif S. Siddiqui
Texnik qoʻllab-quvvatlash — Nitin Upadhyay, Aryan Sharma
Foley muharriri va foley ijrochisi — Dipesh Patel
Foley ijrochilari — Arun Singh, Vijay Das
Temur — Ulug‘bek Shodibekov
Jaloliddin — Abdurahim Abdukarimov
Bobur — Jahongir Xo‘jayev
Ulug‘bek — Badriddin Husniddinov
Bobo — Sobirjon Rahimjonov
Zamon — Behzod Muhammadkarimov
Ola Buji — Boir Xolmirzayev
Buji — Alisher Uzoqov
Xolboy — Fazliddin Tulkunov
Bibi — Shahzoda Muhammedova
Filmni ishlab chiqarish jarayonida beminnat yordam ko‘rsatgan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Najot Ta’lim markazi, Uzakov Production studiyasi hamda loyiha ustida mehnat qilgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiriladi.
“Sehrlandiya” multfilmining rasmiy premyerasi 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Film shu kundan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha kinoteatrlarda namoyish etiladi.
“Sehrlandiya” — O‘zbekistondagi ilk to‘liq metrajli 3D animatsion film va yangi yilning asosiy oilaviy tomoshasi. Bu ishlarning barchasi “Sehrlandiya” bolalar uchun sevimli multfilm bo’lishiga xizmat qildi. “Sehrlandiya: Qahramonlik missiyasi” — bu bolalarni tushunishdan boshlangan loyiha. Haqiqiy bahoni tomoshabinlar berishadi.


